Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yig‘ma}
So‘z bo‘g‘inlari: yig‘-ma
Izoh(lar)i:
yig‘ma sf

1. 1. Foydalanilmaydigan paytda yig‘ib-taxlab qo‘yiladigan, yig‘iladigan. Yig‘ma kursi. Bu yerda [palatkada] uch yig‘ma koyka bir-biriga taqab qo‘yilgan edi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
Bir necha kishi mashinalardan g‘irillatib ko‘tarilgan yig‘ma narvonlardan bino tomlariga chiqa boshladi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
Cho‘lda ikki va bir xonali yig‘ma uylar qurildi. O‘zbekiston qo‘riqlari

2. 2. Turli qism yoki elementlardan yig‘ilgan, bir butunni tashkil qiladigan; terma. U yaqinroq borib, e’lon tagidagi ro‘yxatni ko‘rdi: Qishloq o‘quvchilarining yozgi yig‘ma otryadi. Unda yigirmadan ortiq bolaning nomi yozilgan. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Yoshlarning vakillari yig‘ma orkestr sadolari ostida stadion maydonini aylanib chiqishadi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.