1. ayn. yn. Yig‘loq.
Onalar injiq, yig‘loqi bolalarini gapimga kirmasang, chakalakzorga eltib tashlayman degan po‘pisa bilan tiyib kelishgan.
J. Abdullaxonov, Xonadon
2. 2. Yig‘i tovushiga o‘xshash, yig‘i kabi.
Bozorinav masjidining pastakkina mezanasiga chiqib, shom azonini aytgan so‘fining yig‘loqi ovozi uni o‘ziga keltirdi.
S. Karomatov, Bir tomchi qon
Mahkam nimaligiga tushunolmas, har qalay, bu ashula emas, qandaydir yig‘loqi nolish edi.
R. Fayziy, Hazrati inson
3. ko‘chma hma Kishini ezadigan; mungli (kuy, ohang va shu kabilar haqida).
Mungli bulbulday Ingradi tinmay, Bag‘rim ezardi, Borliqni yoqib Yig‘loqi surnay.
G‘, G‘ulom
Yozarmidim yig‘loqi baytni, Titrarmidim ko‘zda yosh bilan?
A. Oripov
Bu qo‘shiqlarning [nasihat qo‘shiqlari] badiiy saviyasi past va ohangi yig‘loqi.
O‘. Rashid, Qo‘shiqlar haqida