1. 1. Turli joydagi shaxslarni yoki narsalarni bir joyga keltirmoq; to‘plamoq.
Boshliqlarni yig‘moq. To‘kilgan olmalarni yig‘moq.
▬
Mana, Nazira xola ham, Shahodat xola ham kelishdi. Yaxshi bo‘ldi. O‘zim ham sizlarni yig‘ib, ikki og‘iz gaplashmoqchi edim.
A. Qahhor, Kampirlar sim qoqdi
Tal’at sinfdosh do‘stlarini yig‘ib, uyida ziyofat qilmoqchi edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
El og‘asi — donolarni yig‘inglar
Yusuf va Ahmad
Ikkalamiz sizlarning yashash obyektlaringiz haqida ma’lumotlar yig‘yapmiz.
O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
2. 2. Terib, o‘rib va boshqalar yo‘l bilan olib to‘plamoq; yig‘ishtirmoq.
Hosilni yig‘moq.
▬
U yoz bo‘yi Mansur uchun ataylab yalpiz, sariqbosh, isiriq, yana allaqanaqa giyohlarni yig‘ib yurardi. O‘.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. 3. Biror narsani ma’lum vaqt jarayoni-da bir-bir topib to‘plamoq; jamg‘armoq.
Pul yig‘moq. Mol yig‘moq.
▬
Bisot yig‘moqchidirlar balki?
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Axir odamlarga mehr-shafqatli bo‘lishni Hamzaga shu ota ta’lim bergan, qolaversa, nega bunchalik kitob yig‘masa.
K. Yashin, Hamza
4. 4. Jam holga keltirmoq; yig‘ishtirmoq.
Hozir narsalarni yig‘inglar, yaxshilab nonushta qilib olinglar, yuqoriga ko‘tarilamiz.
S. Karomatov, Oltin qum
5. 5. Yig‘inchoq, tartibli holatga keltirmoq.
— Kel, Nuri oy! — Salimboyvachcha oyoqlarini yig‘ib oldi.
Oybek, Tanlangan asarlar
6. tex. ex. Qismlarni o‘zaro biriktirib bu-tun holga keltirmoq.
Traktorni yig‘moq.
7. ko‘chma hma Ma’lum bir nuqtaga qaratmoq, to‘plamoq, markazlashtirmoq (xayol, aql, kuch va shu kabilarni).
Stepan esini yig‘ib, o‘rnidan turdi.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Hakimjon shu suhbatdan so‘ng o‘zining xom va chuvalashgan fikrlarini pishitdi, bir oraga yig‘di o‘sha kundan boshlab uning hamma narsaga qarashi boshqa bo‘ldi!
Cho‘lpon, Kecha va kunduz
bor kuchimni yig‘ib chopdim.
Sh. Xolmirzayev, Yo‘llar, yo‘ldoshlar
8. 8. Ish, harakat, faoliyat va shu kabilarni to‘xtatmoq, yig‘ishtirmoq.
Shokir ota ishni yig‘di, ko‘zoynagini olib qo‘ydi.
Oybek, Tanlangan asarlar