Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yig‘ishtirmoq}
So‘z bo‘g‘inlari: yi-g‘ish-tir-moq
Izoh(lar)i:
yig‘ishtirmoq [yi-g‘ish-tir-moq ]

1. Yoyiq, chochiq narsalarni bir joyga to‘plamoq; yig‘moq. Solih ish vaqti tugashiga ikki soat qolganda narsalarini yig‘ishtirdi. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv

2. Yig‘ib-terib olmoq, (dehqonchilik, dala mahsulotlari haqida). Dehqonning oltinpazi paxta teradi, sohibkori uzum uzadi, qovunchisi poliz yig‘ishtiradi, molboqari xashak jamg‘aradi. Gazetadan

3. Jam holga keltirmoq. Ko‘chlaringni yig‘ishtir! Aravani qo‘sh! Quvaga jo‘nagaymiz. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

4. Ishlatilgan, foydalanilgan narsalarni yotgan (turgan) joyidan yig‘ib olmoq, o‘rin-joyni tartibga keltirmoq, tozalamoq, saranjom-sarishta qilmoq. U yoq-bu yog‘ingni yig‘ishtir, mehmon keladi. S. Zunnunova, Yangi direktor

5. Tartibli holatga solmoq, epaqaga keltirmoq (o‘zini yoki o‘zidagi biror narsani). Qachondan beri sipo bo‘lib qolding? Qizlardan gap ketsa, og‘zingni yig‘ishtirib ololmasding-ku! Shuhrat, Shinelli yillar

6. Bas qilmoq, barham bermoq. Ahmad ish topishdan umidini uzib, redaksiyalarga uchrashni yig‘ishtirib qo‘ydi. F. Musajonov, Himmat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tashlamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.