1. Biror maqsad uchun xalqdan (xonadon boshiga yoki jon boshiga) olinadigan haq, pul yoki buyum; soliq
[Mingboshi:] Besh yildan beri o‘lponni bermaysan, soliqni to‘lamaysan, yig‘im desa, joning bo‘g‘zingga keladi, o‘laksa.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. Bank va uning tarmoqlarida mijozlarga ko‘rsatiladigan pul muomalasi xizmati uchun olinadigan haq.
O‘n bir mamlakat fuqarolari — banklarning mijozlari — o‘z omonatlarini yevroga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, binobarin, buning uchun ulardan hech qanday komission yig‘im olinmaydi.
Gazetadan