Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yetti}
So‘z bo‘g‘inlari: yet-ti
Izoh(lar)i:
yetti sn

1. 7 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor. Yetti kishi. Yetti so‘m. Yetti metr. Yetti mehnat kuni. Yetti o‘lchab, bir kes. Maqol
Yomondan qorovul qo‘y-sang, yov yetti bo‘lar. Maqol

2. etn. tn. Vafotning to‘rtinchi kuni o‘tkaziladigan marosim, ma’raka. Kecha, odatga muvofiq, nari-beri yetti qilindi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Ayrim so‘zlar bilan qo‘llanib, ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Yetti uxlab tushimga kirmagan. Yetti qovun pishig‘i bor. ▬ Mullajon amaki yetti mahallaning katta ustasi. E. Raimov, Ajab qishloq
Bolaning ko‘ngliga qarab rasvo qilyapsizlar, yetti xuftonga qadar yurishga chakki o‘rgandi. Oydin
Nomi yetti qishloqqa ketgan Buvnisa xonim-a! R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. yetti I Son
olti bilan sakkiz orasidagi butun sonning nomi

2. yetti II Ot
kishi vafotining to‘rtinchi kuni o‘tkaziladigan marosim

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. oyog‘i olti, qo‘li yetti: -

2. oyoq olti, qo‘l yetti: -

3. yetti bukilib: ortiq darajada egilib

4. yetti buklanmoq: -

5. yetti iqlimda: -

6. yetti iqlimda ham: -

7. yetti nomusini yerga bukmoq: sharmanda qildi

8. yetti nomusni yerga bukmoq: -

9. yetti o‘lcha, bir kes: -

10. yetti o‘lchab, bir kesmoq: nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish qiladi

11. yetti o‘lchab, bitta kesmoq: -

12. yetti pushti: -

13. yetti pushtidan qolgan: -

14. yetti qovun pishig‘i: -

15. yetti uxlab, tushda ham ko‘rmaslik: -

16. yetti uxlab, tushga ham kirmaslik: -

17. yetti uxlab, tushga kirmaslik: -

18. yetti uxlab, tushida ham ko‘rmaslik: -

19. yetti uxlab, tushiga ham kirmaslik: -

20. yetti uxlab, tushiga kirmaslik: -

21. yetti uxlab, tushiga kirmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi

22. yetti xuftonga qadar: -

23. yetti xuftongacha: -

24. yetti yashardan oltmish yashargacha: -

25. yetti yashardan yetmish yashargacha: katta-kichik, hamma

26. yetti yasharidan yetmish yasharigacha: -

27. yetti yoshdan yetmish yoshgacha: -

28. yetti yot: -

29. yetti yot begona: -

1. Bir – ikki – uch – to‘rt – besh – olti – yetti
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdorning oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.