Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yet} - il ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ye-til-moq
Izoh(lar)i:
yet fl

1. 1. Yurib, yo‘nalib, ma’lum bir yerga, joyga, manzilga borib olmoq. Haydar ota Ko‘tarmaga xuftondan keyin yetdi. A. Qahhor, Asror bobo
Eshik oldiga yetganida, negadir o‘zining ham o‘sha yoqqa talpinayotganini sezib, hayajon ichida tutqichni ushladi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Quvib, tenglashib olmoq. Oshiqmagan quyonga yetibdi. Maqol
Qistasa ham, yetolmaydi bedovlar. Malikayi ayyor

3. 3. Jo‘natilgan, tarqatilgan joyidan, manbaidan naridagi biror joyga bormoq (ovoza, gap, xat-xabar va shu kabilar haqida). Bu xabar bizgacha yetib keldi. Bu gap uning qulog‘iga yetmasin. Hay deganda, haqqa yetgay nolishim. Malikayi ayyor

4. 4. Bo‘y, hajm, miqdor, daraja jihatidan boshqasiga teng bo‘lmoq, tenglashmoq, barobar kelmoq. Devor o‘lguday baland-da, bo‘yi yetmadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Borakallo, go‘sht to‘g‘rashda senga yetadigani yo‘q K. Yashin, Hamza

5. 5. Ta’min etadigan, kifoya qiladigan miqdorda bo‘lmoq. Joy hammaga yetadi. Oz bo‘lsa yetar, ko‘p bo‘lsa ketar. Maqol
Qandoq qilay, o‘rtoqjon, boshqa ishlarni yig‘ish-tiray desam, oylik yetmaydi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
Saroydan tushadigan hadyalarni bir oy to‘plaganda, to‘rt qadoq etga yetmaydi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

6. 6. Muvaffaq, muyassar bo‘lmoq; erishmoq. Yaxshi bilan yurdim — yetdim murodga, yomon bilan yurdim — qoldim uyatga. Maqol
Qani endi, dunyoda vafo bo‘lsa, har kim tilagiga yetsa. A. Qahhor, Shohi so‘zana

7. 7. Kifoya qilmoq. Onang bechoraga otangdan ikkita sag‘ir bilan qolib, ko‘rgan kunlari ham yetadi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Qo‘y endi, o‘zimning qiynalayotganim ham yetadi. N. Safarov, Sharqtongi

8. 8. Ma’lum bir yoshgacha yashab bormoq, umr ko‘rmoq. Otam saksonga yetdi. Oltmish to‘rt yoshga yetdim, o‘g‘lim-qizim bo‘lmadi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

9. 9. Kelmoq; boshlanmoq. Vaqti yetdi. Kuni yetdi. Kunlar o‘tdi, va’daning muddati yetdi. U. Ismoilov, Saylanma

10. 10. Talab, me’yor darajasida bo‘lmoq. Qilichning ishlovi yetgan, Teggan omon qolmasin deb, Zaharning suvini yalatgan. Malikayi ayyor

11. ko‘m. fl. vzf. vzf. Yetakchi fe’ldagi harakatning oxirigacha, tugal bajarilishi ma’nosini bildiradi. Yo‘q, hali anglab yetganingizcha yo‘q. N. Safarov, Uyg‘onish
Ota-onasiga o‘z so‘zini o‘tkazishga Saidiy ishonib yetmadi. A. Qahhor, Sarob

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.