1. 1. Kurash, jang va shu kabilarda g‘olib bo‘lmoq, g‘alaba qozonmoq, raqibini mag‘lubiyatga uchratmoq.
Makkor devni yengmoq. Musobaqada bizning komandamiz yengdi.
▬
Yo‘lchi ham, Qora Ahmad ham musht bilan bir-birlarini yenga olmasliklariga ishonch hosil qilishdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. ko‘chma hma Qarshilik, qiyinchilik va shu kabilarni bartaraf etmoq, uni yo‘q qilmoq, qiyinchiliklarni yengmoq.
Hayot nashidasi shu kurash, xavf-xatar, to‘siqlarni yengib o‘tish, intilish bor uchun ham qiziq, lazzatli.
S. Nurov, Narvon
Jangchilarimiz bosqinchilarning qattiq qarshiligini yengib, Dneprdan ham kechib o‘tdilar.
Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi
3. ko‘chma hma Ta’sirini o‘tkazmoq, ta’sir kuchi g‘olib kelmoq (dard, kasal kabilar haqida).
Elgeldining ko‘zlaridagi g‘azabni baxtsiz bir ma’yuslik yenggan edi.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
G‘am-koyish xiylagina yengib qo‘ygan Marasul kirdi.
A. Qahhor, Og‘riq tishlar
4. 4. O‘ziga bo‘ysundirmoq, hukmiga olmoq.
Juvon toyni bemalol yengib ketayotgan bo‘lsa ham, qishloqdan chiqquncha, Asqar ota juda toliqdi
A. Qahhor, Xotinlar
To‘g‘ri, besh-o‘n kun qattiqchilikni ustimizga olib, shu oz ulov bilan ko‘klamni yengib olsak, ko‘p odamlarning ko‘zi ochilib ketadi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
5. 5. Gap bilan ustun kelmoq, o‘z gapini o‘tkazmoq.
— Abdishukurni xudo gapga bichgan, yengib bo‘lmaydi, — dedi Jamolboy pixillab.
Oybek, Tanlangan asarlar
Ota o‘g‘lini gap bilan yengib bo‘lmasligini fahmlab, irg‘ib turdi.
S. Siyoyev, Avaz
6. shv. hv. Haydamoq, minmoq (aravani).
Balki u [aravakash] o‘z aravasini emas, boy aravasini yengib ketayotgandir.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha