Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yengil-yelpi}
So‘z bo‘g‘inlari: yen-gil--yel-pi
Izoh(lar)i:
yengil-yelpi sf

1. 1. Vazni uncha og‘ir emas, yengil. Bolalar orasida Ostar bilan Sarsenboy ham yengil-yelpi narsalarni tashishda yordamlashishmoqda. R. Fayziy, Sen yetim emassan

2. 2. Unchalik kuch, mashaqqat talab qilmaydigan. Hamma og‘ir ishlarni baraka topgur yigitlarning o‘zlari qilishardi, biz, chollarga esa yengil-yelpisi qolardi. V. Tofurov, Vafodor

3. 3. Jiddiy, rasmona emas, yengil. Direktor bilan administratorga yana yengil-yelpi chora ko‘rilgan bo‘ldi. Mushtum
Uch ayol yengil-yelpi nonushta qilib olishdi. H. G‘ulom, Mash’al

4. ko‘chma hma Jiddiy tarzda emas; yuzaki. Xalq ishiga yengil-yelpi qarashga, havoyi va’dalar bilan ko‘z bo‘yashga toqat qilolmaymiz. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Hayotga yengil-yelpi qarashadi, degan aqidada yurardi. S. Nurov, Narvon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.