1. 1. Qo‘porib, ag‘darib tushirmoq, nuratmoq.
Suv sohilni yemirar, alam — dilni.
Maqol
Qirg‘oqlarni yemirgan Amu, Tog‘-u toshni kemirgan Amu.
E. Rahim
2. ko‘chma hma Xarobaga, vayronaga aylantirmoq, buzmoq.
Dushman qanchalik gangitilsa, uning o‘t ochish nuqtalari qancha ko‘p yemirib tashlansa, hujumning muvaffaqiyati shuncha muqarrar bo‘ladi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
3. 3. Yo‘q qilmoq, barbod qilmoq, tugatmoq.
Umrni mehnat emas, g‘am yemiradi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Sizning yordamingiz menga bolsheviklarning o‘sib borayotgan kuchini yemirish uchun kerak.
N. Safarov, Tanlangan asarlar