Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yemak}
So‘z bo‘g‘inlari: ye-mak
Izoh(lar)i:
yemak ot

1. Yegulik narsa; yegulik, ovqatlik, ovqat. Kechki yemakka chaqa topish uchun zaruriyat sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Uyda yemakka bir qisim jo‘gari [jo‘xori] qolmadi S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. esk. ayn. Yemoq. Xizmat tugalayozgandan keyin o‘zining sovib qolgan oshini yemak uchun Oftob oyimlar yoniga o‘tirdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: yemoq Taom iste’mol qilmoq, ovqatlanmoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.