1. Qarama-qarshi eshik-derazalar ochiq bo‘lgan vaqtda yoki tor oraliqdan o‘tib turadigan havo oqimi, o‘tkinchi shamol; shunday shamolli holat.
Nihoyat, deraza tepasidagi darchada yelvizak esa boshladi.
Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
Yelvizak shamolning yo‘qligi ayvonning yana bir asosiy qusuridir.
Fan va turmush
— Voy, yelvizak qilib qo‘yibmiz-u, — deb eshikni ikki qo‘llab itarib yopdi.
S. Karomatov, Oltin qum