1. 1. Yelpig‘ich yoki boshqa biror narsa vositasi bilan o‘ziga yoki o‘zgaga yel, shabada tegizmoq.
xitoyi yelpig‘ich bilan o‘zini yelpidi.
A. Qahhor, Asarlar
Zaynab shu holda uzoq fursat erini yelpidi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yormat qattiq uh tortdi va choponining yoqasi bilan ko‘kragini yelpidi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Poyezd dim bo‘lganidan, yo‘lovchilar gazeta bilan o‘zlarini yelpirdilar.
S. Ahmad, Xotin
2. 2. Hilpiratmoq, tebratmoq.
Tog‘dan esgan shabada ayollarning chakka sochlari va boshlaridagi ro‘mollarini betinim yelpiydi.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. 3. Shamol vositasida donni chiqindi va changdan tozalamoq, sovurmoq.
Moshni yelpimoq.