1. 1. Yelpish-yelpinish uchun ishlatiladigan yarim doira yoki doira shaklidagi buyum.
Mirzo Bahrom xitoyi yelpig‘ich bilan o‘zini yelpidi.
A. Qahhor, Mirzo
Afandi tovuq patidan rang-barang yelpig‘ich yasab, bozorga olib chiqdi.
Latifalar
Tovuslar ko‘rkam dumlarini yelpig‘ich kabi yoyib, asta mag‘rur yurishadi.
Oybek, Navoiy
2. 2. Umuman, yelpiydigan narsa.
Ikkinchisi yugurgancha hujradan bo‘yra yelpig‘ichni olib chiqib, olovni yelpidi.
Saodat
Otlar dumlarini yelpig‘ich qilar va kosilkani yalqovlik bilan tortardi.
S. Anorboyev, Oqsoy