Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yelkan}
So‘z bo‘g‘inlari: yel-kan
Izoh(lar)i:
yelkan ot

1. 1. Kema machtasiga o‘rnatilgan, shamol kuchi bilan kemani yurgizadigan katta keng chodir. Yelkanni ko‘tarmoq. Ba’zilari yelkan yamaydi, Keksa oshpaz charxlaydi pichoq. E. Rahim, Yangi qadam

2. 2. Shunday chodir yordamida harakat qiladigan, yelkanli kema. Ochiq dengiz ustidan yengil shamol yelmoqda, Huv oqarib uzoqdan, yolg‘iz yelkan kelmoqda. Z. Diyor

3. ko‘chma hma Yelkanga o‘xshash, unga nisbatli narsa. Ikki kapalak keng yelkan yoyib ko‘tarildi-yu, sal o‘tmay ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. J. Abdullaxonov, Oriyat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.