1. Biror ish tashvishida tez harakat qilmoq, u yoq-bu yoqqa yugurmoq.
Do‘stining dom-daragini surishtirish uchun Qoratoy temirchi yelib-yugurdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Qurbon ota yelib-yugurib, sal kunda qishki va yozgi choyxonaning kam-ko‘stini to‘g‘rilab oldi.
A. Qahhor, Qo‘sh-chinor chiroqlari
Singlisining to‘yida yelib-yugurib xizmat qildi.
Yoshlik