1. 1. Yeyiladigan, ovqat uchun iste’mol qilinadigan narsa; oziq-ovqat.
Ziyofatlarga borganda-ku, yoniga o‘tirib olib, tarelkasiga yegulik to‘ldirish bilan band bo‘lardingiz.
M. Hazratqulov, Jur’at
Dasturxonni yoz! Yegulik narsang bormi?
Cho‘lpon, Kecha va kunduz
2. 2. O‘z ehtiyoji uchun ekilgan yoki ajratilgan narsa, oziq-ovqat haqida.
Yegulik qovun. Yegulik un.
▬
Qolgani — bola-chaqamga yegulik. Jamoa tekshirib ko‘rgan. Botiralidan so‘rang!
H. G‘ulom, Mash’al
Shunda Binoiy yodaki bir ruboiy aytib, yegulik g‘allasi yo‘qligini, kiyay desa, g‘allaning qopi ham topilmasligini aytdi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. 3. Yeyish uchun kerakli, yeyishga yetarli.
Bu yil yaxshi meva qilmadi-yu, har qalay yegulik topiladi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik