Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yech} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yech-moq
Izoh(lar)i:
yech fl

1. 1. Bog‘ichini, bog‘ini yozmoq, bo‘shatmoq. Belbog‘ni yechmoq. Chiy eshikning bog‘ichini yechib ko‘targanida, ingrash yana eshitildi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Havo hali isimagan bo‘lsa ham, xomsemiz hokim formasining ko‘krak tugmalarini yechib tashlab, yelpinishga tutindi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. O‘rimini yozmoq. U [Kumush) bu kechasi ko‘rgan ba’zi tushlarini Ota-bekning bu kun kelishiga yo‘ydi-da, ertalabdan turib, sochlarini yechdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Kiyilgan kiyimni joyidan, egnidan olmoq. To‘nni yechmoq. Ko‘ylakni yechmoq. Etikni yechmoq. Malla kishi yangi buzi kavushini dahlizda yechib, chap yoqdagi kattakon xonaga kirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Ko‘prik ustida baland poshnali tuflisini yechib olgan bir ayol mashinaga qo‘l ko‘tardi. S. Ahmad, Ufq
Nasiba uning noskisini yecha boshladi, A. Qahhor, Og‘riq tishlar

4. 4. Qo‘yilgan, solingan, bog‘langan nar-sani olmoq, undan xoli qilmoq, bo‘shatmoq. Uchinchi aravaga ortib olingan bedadan tashlab, egar-jabduqlarini, yuganlarini yechib qo‘yishdi. Mirmuhsin, Me’mor
Saldan keyin eshakday keladigan ikki itini yechib yubordi. S. Siyoyev, Avaz

5. 5. Matematik misol, masala kabilarni ishlamoq, yechimi (javobi)ni topmoq, belgilamoq. ikki bola: biri qiz, biri yigitcha masala yechish bilan ovora. A. Muxtor, Chinor

6. ko‘chma hma Ma’nosini ochib bermoq, yechimini belgilamoq; hal qilmoq. Shayboniyxon bu tugunni ham sulton va a’yonlarga yoqadigan bir ustalik bilan yechganidan ko‘pchilik mamnun edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Bu muammoni keksa bir jangchi yechib berdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Ammo qanchalik mushkul ish bo‘lmasin, jumboqni yechamiz. S. Karomatov, Oltin qum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: hal qilmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.