Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yechim}
So‘z bo‘g‘inlari: ye-chim
Izoh(lar)i:
yechim ot

1. Yechish; yechilish. Bog‘lashda kurmak solsang, oson bo‘lar yechimi. Bir nogahon gunohning oson bo‘lar kechimi. Qo‘shiqlar

2. Masala, muammo va shu kabilarning javobi. Masalaning yechimi. ▬ Mening odatim, hamma ishni, chigalni oldindan obdan o‘ylab, yechimini ko‘zimning oldiga keltirib olaman. R. Rahmon, Sizning yoshingizga kiraylik

3. ad. ad. Asarda voqealar rivojidagi, qahramonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikning hal bo‘lishi, tamomlanishi. Romanning yechimi. ▬ Zotan, har bir asarning tuguni bilan birga yechimi ham bor-ku. J. Abdullaxonov, To‘fon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.