1. 1. Yeyiladigan, ichiladigan narsalardan iste’mol qilmoq.
Hamma yeb-ichish bilan ovora bo‘lib, hech kimdan ovoz chiqmay qolgan paytda
P. Tursun, O‘qituvchi
Qani, taqsir, dasturxonga marhamat qilib, yeb-ichib, gaplashib o‘tiringlar
K. Yashin, Hamza
Bir odamga ham ro‘zg‘or, qozon-tovoq kerak, butlab olsang bo‘lar ekan. Hozir yeb-ichadigan payting.
S. Nurov, Narvon
2. ko‘chma hma Qattiq dakki (jazo) bermoq, yulib-talamoq.
Biz ikkov, agar qo‘yib bersanglar, go‘yo bir-birimizni yeb-ichmakchi edik.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
O‘qishga berilib ketib, vaqtning qanday o‘tib ketganini ham bilmay qolibman. Uydagilar hali meni yeb-ichishadi.
F. Nasriddinov, Ko‘ngil