Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yaxshilik}
So‘z bo‘g‘inlari: yax-shi-lik
Izoh(lar)i:
yaxshilik ot

1. 1. Yaxshi xislat, xulq-atvor kabilarga egalik. Hikoya alohida shaxslarning yaxshiligi yo yomonligi haqida, yo bo‘lmasa, tur-mushdagi biror tasodif ustida yozilmaydi. A. Qahhor, Sarob
Toshkentga qaytishda meni ham olib jo‘nadilar. Chunki yaxshiligimni, to‘g‘ri, halol ishlaganimni bilar edilar. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini ko‘zlab ish tutish, biror manfaat yetkazish; mehribonlik; xayrli ish, ezgulik. Yaxshilik qilmoq. Yaxshilikni unutma. Sizga yaxshilik xohlayman. Yaxshilikning kechi yo‘q. Matal
Yomondan yaxshilik kutma. Maqol
Yaxshi odamning yaxshiligi tegar tor yerda, Yomon odamning zarari tegar har yerda. Maqol
Yaxshi odamlar hamma joyda topiladi. Lekin bu bechoralarning qo‘llaridan birovga yaxshilik qilish kelmaydi. P. Tursun, O‘qituvchi
Yo‘q, xuddi shunday! Lekin men xotinim bilan ancha yildan beri turib, undan ko‘p yaxshiliklar ko‘rganman. Bu yaxshiliklarning har qaysisi ko‘nglimdan alohida-alohida joy olgan. A. Qahhor, Oltin yulduz

3. 3. Yaxshi ekanlik.

Antonim(lar)i: yomonlik
Sinonim(lar)i: ezgulik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.