Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yasama}
So‘z bo‘g‘inlari: ya-sa-ma
Izoh(lar)i:
yasama sf

1. 1. Qo‘lda yasalgan; xonaki. Yasama pichoqcha. Yasama radiopriyomnik. Yasama stol.

2. 2. Asli o‘ziniki emas, tayyorlangan; notabiiy, sun’iy. Yasama tish. — Sizga bir og‘iz so‘z aytib qo‘yishimni buyurdilar, — dedi yasama soqol-mo‘ylov yopishtirib olgan Qora Qoplon K. Yashin, Hamza

3. 3. Haqiqiy bo‘lmagan; g‘ayritabiiy. Yasama kulgi. Yasama noz. Yasama tabassum. Boya juda samimiy tuyulgan xushchaqchaqligi esa endi qandaydir yasama bo‘lib ko‘rindi Jabborga. O. Yoqubov, Uchrashuv
Bularning hammasi uquvsiz yosh artist tomonidan birinchi martaba birinchi repetitsiyada bajarilgan rolday yasama chiqdi. A. Qahhor, Sarob
Asarning yasama syujeti, sun’iy tili Nabijonni ranjitdi. H. G‘ulom, Zamin yulduzlari

4. ayn. yn. Qalbaki. Gazetalarimiz balandparvoz, sun’iy va yasama materiallarga mutlaqo o‘rin bermasliklari zarur. Gazetadan
yig‘ilishlarning hammasini o‘tkazish mumkin bo‘lmaganligi uchun, yasama qarorlar yozib qo‘yish bilangina cheklanilmoqda. Gazetadan

5. tlsh. sh. Yasovchi qo‘shimchalar vositasida hosil qilingan, yasalgan. Yasama ot. Yasama sifat. Yasama ravish. Yasama fe’l. Sodda terminlar o‘z o‘rni bilan ikkiga bo‘linadi: tub va yasama terminlar. O‘TA

Antonim(lar)i: chin
Sinonim(lar)i: qalbaki [a+f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.