Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yaproq}
So‘z bo‘g‘inlari: yap-roq
Izoh(lar)i:
yaproq ot

1. O‘simliklarning havodan oziqlanish va gaz almashinish uchun xizmat qiluvchi, odatda yupqa varaqcha shaklidagi asosiy vegetativ a’zolaridan biri; barg. Yashil yaproqlar. Kuzgi yaproq. Gullar yaproq chiqardi. Daraxt — yaprog‘i bilan ko‘rkam, odam — mehnati bilan. Maqol
Hademay karnaygullar iplarga chirmashib, katta-katta yaproqlar otdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Kuzdan darak beruvchi sarg‘aygan yaproqlar yo‘l ustida, ariq bo‘yida yotardi. J. Sharipov, Saodat

2. Bir bo‘lak yupqa narsa haqida. Bir yaproq qazi. ▬ Holvafurush tokchadagi qalin bir kitobni ochib, uning orasidan bir necha yaproq yap-yangi, shaldiroq qog‘oz olib uzatdi. Oybek, Navoiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: barg [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.