Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yangilik}
So‘z bo‘g‘inlari: yan-gi-lik
Izoh(lar)i:
yangilik ot

1. 1. Yangi holat, yangi ekanlik. Kiyimning yangiligi. Rahbarning yangiligi.

2. 2. Ilgari ma’lum bo‘lmagan, yaqindagina paydo bo‘lgan narsa yoki hodisa; yangi xabar, ma’lumot. Fan va texnika yangiliklari. Qanday qilib bo‘lardi, ish unumini oshiradigan yangilik o‘ylab chiqdingiz-ku, yana bir yangilik kiritsangiz, ancha odam bo‘shab qolishi tabiiy. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Zorqishloqda har kuni bir yangilik, har kuni bir mo‘jiza yuz berardi. S. Ahmad, Hukm
Sizning ana shu yangilik tarafdori ekaningizga hamma qoyil. J. Sharipov, Saodat
Akram Adolatni yaxshi ko‘radi. Qani, marhamat etib, mana bu yangilikni eshiting-chi, yoqarmikan sizga. S. Anorboyev, Oqsoy
Sayfulla kun sayin bir yangilik topib kelardi: — Domla Tohirni, Mansurga ko‘tartirib qo‘yib, qamchi bilan quymichiga xo‘p savaladi. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.