1. 1. Dov-daraxtsiz, imoratsiz; ochiq, bo‘sh.
Yalang yer. Yalang maydon. Yalang qir.
▬
Hammanglar ham yalang dalada tug‘ilganmisizlar?
Shuhrat, Shinelli yillar
Atrof yalang, qum sahrosi.
Sh. Toshmatov, Erk qushi
Qumli do‘nglikning oldi dengiz tomon pasayib, keti yalang tekislikka tutashadi.
Fan va turmush
2. ayn. yn. Yalanglik.
Ahmadjon sinchiklab qarasa, ehe shuncha odam kecha kechasi qayerda ekan? Yalanglarga, yo‘lkalarga odam sig‘ishmas edi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
— Mehmonlarni kutib ol, qizim. Mana bu yerga joy qil, — dedi Abduvali ota, chayla yonidagi yalangni ko‘rsatib.
H. Ibrohimov, Oddiy kechada
3. 3. Kiyimsiz, yalang‘och.
Egnida bir yengi tirsakdan, bir bari tamoman yo‘q ilma-teshik bo‘z yaktak bosh-oyog‘i yalang cholni ko‘rib, G‘ulomjonning yuragi ezilib ketdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Egnida otigina qolgan juldur yaktak, yirtiq ishton, oyoqlari yalang
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
4. 4. Bir qavat, yengil, yupqa kiyimda.
Oynisaning yuragi urib, sovuqqa yalang chiqqanday, eti uvishib ketdi: Urush!.
H. G‘ulom, Toshkentliklar
5. ayn. yn. Yalang qavat 2.
Shoirning ustida yalang qo‘ng‘ir movut chakmon.
Oybek, Navoiy
6. 6. Qindan chiqarilgan; yalang‘och.
Qirq azamat, bo‘l ha-bo‘l deb, Qilich yalang kelayotir.
Xushkeldi
7. Hamma vaqt; hamisha, doim, nuqul.
Yalang kuladi. Yalang bir xil ovqat pishiradi. Siz bilan yalang shu yerda uchrashib qolamiz.
▬
Katta amalda ishlaydigan odamlarning bolalari yomon o‘qishsa ham, yalang a’lo baho qo‘yadi
M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi