1. ayn.Yagona 1. Biron qonunni buzsang, jazosini o‘zing yakka tortasan. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. Hech kimsiz; yolg‘iz, kimsasiz. Bir qoyada garillab chaqiradi, Dobili yarqillab, bir odam yakka. Nurali
3. ayn.Yagona 2 Ezgulik bobida faqat u yakka, Faqat u barchaga teng va barobar. A. Oripov
4. Boshqalarga qo‘shilmasdan, o‘zi alohida bo‘lgan. Gapning boshi shuki, o‘sha sen pul qistab borganda, u Haydar hojidan ajrab, o‘zi yakka do‘kon ochish harakatida yurgan edi. A. Qahhor, Sarob
5. ko‘m. vzf. kam qo‘ll.Faqat. Yolg‘iz meni o‘yla intizor, O‘ylaringda men yashay yakka. R. Parfi
1. pichoq suyakka yetdi: ortiq chidab bo‘lmaydi
1. Birdan-bir – yagona – yakkayu-yagona – yolg‘iz – tanho Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)
2. Yakkam – dukkam – g‘uj-g‘uj – shig‘il-shig‘il Ma’nosiga ko‘ra (miqdorning oz-ko‘pligiga ko‘ra)