1. 1. Bor-yo‘g‘i bitta, yakka-yolg‘iz; birdan-bir, bitta-yu bitga.
Oilaning yagona farzandi.
▬
Bu dardli hayotda Gulnorga yagona baxt — Yo‘lchining singlisi Unsin edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Eshak deb ataladigan uch kishilik yagona, oyoqlari tarvaygan skameykada Abdurasul bilan Oyimxon o‘tirishibdi.
P. Tursun, O‘qituvchi
G‘arbiy Bug daryosi ustidagi yagona ko‘prik Tez borib, uni albatta egallash zarur edi.
T. Rustamov, Mangu jasorat
2. 2. Boshqa tengi yo‘q, bitta-yu bitta hisoblanuvchi.
U o‘ttiz hunarda yagona.
Oybek, Navoiy
Ha, Najmiddin Buxoriy hazratlari bilan otangiz ustod Qavom hazratlarini Xuroson-u Movarounnahrda yagona, desak xato bo‘lmaydi.
Mirmuhsin, Me’mor
3. 3. Hamma uchun umumiy, birlashgan, birdan-bir.
Yagona davlat narxlari.
▬
O‘zbekistonda yuzdan ortiq millat va elat vakillari yagona oila bo‘lib yashamoqdalar.
Gazetadan
4. kam qo‘ll. yukl. kl. Faqat, birgina.
Shirin afsonalar aytib yulduzlar, Yoniga chorlaydi meni yagona.
R. Parfi