Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xususiy}
So‘z bo‘g‘inlari: xu-su-siy
Izoh(lar)i:
xususiy sf

1. 1. Biror shaxsning yolg‘iz o‘ziga qarashli, tegishli bo‘lgan; shaxsiy; alohida. Xususiy do‘kon. Xususiy mulk. Anvar xususiy hayoti, ayniqsa, Ra’noga aloqasidan hech kimga og‘iz ochmas edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Kunduzlari o‘rda devonini boshqarish, ertalab va kechqurun o‘z uyida xususiy kishilarni qabul qilish, albatta, Anvar uchun og‘ir edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. 2. Muayyan bir narsa yoki mavzuga bag‘ishlangan; ayrim bir narsa yoki mavzuni o‘z ichiga oladigan. Xususiy va umumiy masalalar.

Antonim(lar)i: mushtarak [a], umumiy [a]
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Umumiylik – alohidalik – xususiylik
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkibining bog‘liqli-bog‘liqsizligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.