1. 1. To‘satdan hujum qilish; hujum.
Tank orqasidan kelayotgan dushman pulemyotchilari xuruj qilib qoldi. Nazarmat,
Jo‘rlar baland sayraydi
Xuruj qilayotgan olomon turgan joyida qotib qoldi.
K. Yashin, Hamza
2. ko‘chma hma Issiq, sovuq, shamol, yomg‘ir, o‘t, suv kabi tabiat kuchlarining hamlasi; avjiga chiqishi, kuchayishi.
Xuruj qilmoq.
▬
Shamol yana xuruj qiladi, daraxtlarning ko‘ksini tilka-pora qilib shovullaydi.
F. Musajonov, Himmat
Nogahon xuruj qilgan bu yomg‘ir uni ancha shoshirib qo‘ygan edi.
S. Ahmad, Oydin kechalar
3. 3. Kasallikning kuchayishi.
Isitma xuruj qilib, [Bashorat xolaning] hamma yog‘i qaqshab og‘ridi.
A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar
4. s. t. t. Biror salbiy narsaga berilib ketish, ruju qilish.
Ashir, xotini Xo‘jabekovga tegib ketgandan keyin, ichkilikka xuruj qildi.
S. Anorboyev, Oqsoy