Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xulq}
So‘z bo‘g‘inlari: xulq
Izoh(lar)i:
xulq ot

1. 1. Kishining muomala va ruhiy xususiyatlari majmui; fe’l, xarakter. Xulqi sovuq odam. Yaxshi xulq — kishining husni. Maqol
Saodatxon bularning xulqi haqida o‘ylab, chuqur xayolga cho‘mgan edi. S. Zunnunova, Olov
Qahramonlarning so‘z ifodalari ularning saviyalariga va xulqlariga muvofiq tanlangan. T. Jalolov, Xamsa talqinlari

2. 2. Kishiga odat bo‘lib qolgan, takrorlanib turadigan xatti-harakat; odat, qiliq. Qodir ancha yumshargan edi. Nabigul yaramas xulqlari bor ekanini bo‘yniga olish bilan Qodirni yana ham yumshatdi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
Uning raqslarida qush yengilligi, Shabada sho‘xligi, gulning nozi bor. Uning odobida, uning xulqida Insoniy kamolot mavjud, barqaror. Uyg‘un

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: axloq [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.