Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xudo}
So‘z bo‘g‘inlari: xu-do
Izoh(lar)i:
xudo ot

1. 1. Diniy tushunchaga, xususan islom diniga ko‘ra, butun mavjudotni, butun olamni yaratgan va uni boshqaruvchi oliy ilohiy kuch; har qanday dinning e’tiqod qilish asosi (musulmonlarda: Alloh so‘zining sinonimi). Xudo butun jonivorlarni yaratib bo‘lib, har qaysisiga umr ulashadigan bo‘libdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
— Mirzo Anvar inimga xudo martaba ato qilgan emish deb eshitdim, — dedi Safar bo‘zchi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. 2. Ko‘pxudolikda olamning qandaydir bir qismining oliy hukmdori. Sevgi xudosi. Urush xudosi. Go‘zallikning qoshida axir Cho‘kka tushgan hatto xudolar. A. Oripov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. xudo biladi: aniq aytib bo‘lmaydigan

2. xudoga nima yozdim: «Nima gunoh qildim, gunohim yo‘q edi-ku?!» mazmunidagi ibora

3. xudoga solmoq: Jazosini xudo bersin

4. xudoyimdan o‘rgulay: Xudoga shukur

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.