Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xotirjamlik}
So‘z bo‘g‘inlari: xo-tir-jam-lik
Izoh(lar)i:
xotirjamlik ot

1. 1. Ruhan tinch bo‘lishlik, osoyishtalik. O‘zimdagi bunday nogahoniy jur’at va xotirjamlikdan bir zum hayratga tushdim. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv

2. 2. Biror kimsa yoki narsa xalaqit bermaydigan tinch sharoit. [Nizomjon:] Boshqa bir kelasizlar endi xotirjamlikda. A. Muqimov, G‘alati odamlar
[Xolmat Ruzvonga:] Keling, oyimposhsho! Xotirjamlikda so‘zlashib, hasratlashib olaylik! Hamza, Kim o‘g‘ri?

3. 3. Beg‘amlik, beparvolik. Xotirjamlikka berilish kayfiyati. Navoiy Tarixi muluki Ajamda ham podsholarning g‘ururga, kayf-safoga, xotirjamlikka berilishi oqibatida mamlakat va xalqni yomon ahvolga solib qo‘yishini ko‘rsatib beradi. O‘TA

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.