1. 1. Esda saqlash, eslab qolish, esga tushirish qobiliyati; es, yod; xayol. Xotirimda: ilk bo‘sa bizni Haddan ziyod qilmish edi shod. Uyg‘un Giyohlarning nomlari ham yodimdan chiqay degan ekan, bir-bir xotirda tiklab chiqdim. M. M. Do‘st, Lolazor
2. 2. O‘ylash, fikrlash qobiliyati; fikr; miya. U yoqimli ovoz va sho‘x ohangni butun vujudi bilan tingladi. Tinglagan sayin xotiri ravshanlashardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
3. 3. Biror kimsa uchun qilinadigan hurmat; yuz-xotir, andisha. — Xo‘p, sinf rahbaring xotiri [tufayli] gunohingdan o‘tib turamiz, — dedi direktor To‘laga. M. Ismoiliy, Bizning roman Hech bo‘lmaganda ikkala bolasining xotiri uchun xotinini hurmat qilish lozim edi. I. Akram, Adolat
1. xotiri jam: Tashvishlardan qutulgan, betashvish