1. ayn. yn. Xotir 1.
Xotirasi kuchli odam.
▬
Ziyoda tiyrak qora ko‘zlari bilan kuldi va shu qiyofada Zargarovning xotirasiga o‘rnashib qoldi.
A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat
2. 2. Biror kimsa yoki narsa haqidagi yodda, esda saqlangan taassurot.
Sayohat xotiralari.
▬
U [Mansur] Bog‘ishamol nafasini, o‘tmish so‘qmoqlarida qolgan bebaho bolalikning aziz xotiralarini olib kelgan bu yigitga havas bilan qarar edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. 3. Esdalik, yodgorlik.
[Botir Dilbarga:] Salom! (kitobni uzatib) Mendan sizga xotira.
N. Safarov, Hayot maktabi
[Chaqaloqning] Otini Shavkat qo‘yaman! Shavkat! Shavkatli kunlarimdan xotira bo‘lsin! — derdi [Alimardon].
O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
4. 4. Xotira (xotin-qizlar ismi).