Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xotira}
So‘z bo‘g‘inlari: xo-ti-ra
Izoh(lar)i:
xotira ot

1. ayn. yn. Xotir 1. Xotirasi kuchli odam. ▬ Ziyoda tiyrak qora ko‘zlari bilan kuldi va shu qiyofada Zargarovning xotirasiga o‘rnashib qoldi. A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat

2. Biror kimsa yoki narsa haqidagi yodda, esda saqlangan taassurot. Sayohat xotiralari. ▬ U [Mansur] Bog‘ishamol nafasini, o‘tmish so‘qmoqlarida qolgan bebaho bolalikning aziz xotiralarini olib kelgan bu yigitga havas bilan qarar edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. Esdalik, yodgorlik. [Botir Dilbarga:] Salom! (kitobni uzatib) Mendan sizga xotira. N. Safarov, Hayot maktabi
[Chaqaloqning] Otini Shavkat qo‘yaman! Shavkat! Shavkatli kunlarimdan xotira bo‘lsin! — derdi [Alimardon]. O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi

4. Xotira (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: esdalik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. xotiradan chiqardi: unutdi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.