Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xos}
So‘z bo‘g‘inlari: xos
Izoh(lar)i:
xos sf

1. 1. Biror kimsa yoki narsaning o‘zigagina oid, o‘zidagina bo‘ladigan. Bolalarga xos qiliq. Rahbarning o‘ziga xos ish uslubi. Klara ayollarga xos chiroyli harakat bilan sochini orqasiga tashlab yubordi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Chol keksalarga xos boqish bilan bir zum tikildi: — Kel, chirog‘im, nima xizmat? Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Biror shaxsning o‘zigagina tegishli bo‘lgan, o‘zigina foydalanadigan; shaxsiy. Oq otliq Bobur mirzo yuzdan ortiq beklari va xos navkarlari bilan tog‘ etagiga yaqinlashib qolgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.