Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xonim}
So‘z bo‘g‘inlari: xo-nim
Izoh(lar)i:
xonim ot

1. 1. Ayollarga hurmat yuzasidan murojaat qilganda qo‘llanadigan so‘z. Qudamiz Mirzakarim qutidorga va qudachamiz xonimga yetib ma’lum bo‘lgaykim, bizlar bunda sog‘-salomatdirmiz. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Hurmat yuzasidan ayollar ismiga qo‘shib aytiladi, masalan, Mukarrama xonim, Tamara xonim, Halima xonim. Oy yuzli rafiqam, qunduz qoshli ma’shuqam Kumush xonimga! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. s. t. t. Go‘zal, barno ayol; xushbichim juvon. Hoy-hoy, xonim, yo‘l bo‘lsin, Qayerga yo‘rg‘alaysiz! Qo‘shiqlar

4. Xamir orasiga qiyma solib, qasqonda pishiriladigan ovqat.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. xonim I Ot
ayollarga murojaat so‘zi

2. xonim II Ot
xamir ovqat turi

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.