Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xon}
So‘z bo‘g‘inlari: xon
Izoh(lar)i:
xon ot

1. tar. ar. Turkiy va mo‘g‘ul xalqlari hukmdorlari unvoni. Qo‘qon xoni. Xon saroyi. [Mulla Fazliddin:] Toshkent xoni Mahmudxon ham bizga qarshi qo‘shin tortib kelmoqda emish. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. tar. ar. Xonlik qilgan, xon lavozimidagi shaxs ismiga qo‘shilib, unvon ifodalaydi. Bahodirxon — Xivada, Xudoyorxon — Qo‘qonda xonlik qilgan.

3. 3. Erkak va ayollar ismiga qo‘shilib, hurmatni ifodalaydi. Oqilxon, Karimaxon.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Ishoqxon Ibrat – ma’rifatparvar shoir, atoqli tilshunos, o‘zbek tili grafikasi, leksikografiyasi tadqiqida munosib hissa qo‘shgan yetuk olim. 1862- yili Toshkentda tavallud topgan.O‘zbek xalqining sharq va g‘arb tillarini o‘rganishini osonlashtirish yo‘lida tinmay izlanishlar olib bordi. Arab, fors, hind, turk, o‘zbek, rus tillaridagi so‘zlarni o‘z ichiga olgan olti tilli «Lug‘ati sitta al-sina» (1901) lug‘atini yaratib, ko‘p tilli lug‘atlar tuzishda ilk qadamni qo‘yib berdi. Lug‘at mingdan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan, unda o‘zbekcha so‘zlarning qarshisida arab, rus, fors, turk va hindcha tarjimasi berilgan.

Ishoqxon Ibrat tilshunoslikning murakkab sohasidan biri – yozuv tarixi bilan shug‘ullandi. Uning piktografik yozuvdan to shu kungacha ishlatilgan yozuvlar tarixiga bag‘ishlangan «Jome’-ul xutut» (Yozuvlar majmuasi) asari o‘zbek grafikasining muhim yutug‘i. Ushbu asarda muallif nafaqat o‘zbek yozuvi, balki eramizdan 2000 yil ilgari finikiya xalqlari tomonidan vujudga keltirilgan yozuv yodgorliklari, Kipr orolidan topilgan yozuv qoldiqlari, yahudiy, arab, suriya yozuvlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltiradi.

  1932- yilda vafot etgan.

 

  Mirzo Mahdixon ((XVII–XVIII asr, Eron) asl ismi – Nizomiddin Muhammad Xodi al-Husayni as-Safaviy). Asli astrobodlik, Eron shohi Nodirshoh saroyida muarrix va xattot bo‘lib ishlagan. Grammatika masalalarini o‘z ichiga olgan «Sangloh» (1760) lug‘ati mashhur. Asarga qo‘shimcha kiritilgan «Maboni ul - lug‘at» ikki qismdan: muqaddima va tarsif (grammatika) dan iborat.

  Muqaddima qismida asarning yozilish sababi, Alisher Navoiy asarlarining asar yozilishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgani, turkiy tilning arab va tors tillaridan farqlanuvchi o‘ziga xos grammatik xususiyati haqida fikr yuritiladi. Asarning lug‘at qismi, asosan, Navoiy, Lutfiy, Bobur asarlaridagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar izohiga, ularning fors tiliga tarjima qilinishiga qaratilgan.

  Tarsif qismida arab tilida fe’llarning asosi masdar-infinitiv ekanligi, o‘zbek tilida esa II shaxs, birlik, buyruq mayli shaklida ekanligi va fe’lning barcha shakllari shu asosdan hosil qilinishi bayon qilinadi.

  Mirzo Mahdixonning «Maboni ul-lug‘at» asari – XVII–XVIII asr o‘zbek tilshunosligidagi grammatik tushunchani qamrab olgan nodir manba.

1. darxon etmoq: muayyan ish, mansab yoki jismoniy mehnatdan ozod qilmoq; bo‘shatmoq

2. darxon qilmoq: muayyan ish, mansab yoki jismoniy mehnatdan ozod qilmoq; bo‘shatmoq

3. ko‘zi xonasidan chiqay dedi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

4. ota go‘ri-qozixonami?: janjallashib, xafalashib o‘tirishga arzimaydi

5. ustuxon bo‘lmoq: Nihoyatda ozib ketmoq, qoqsuyak bo‘lib qolmoq

1. Kapa – chayla – kulba – hujra – xona – uy- hovli – qasr – saroy – koshona – kushk
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.