1. 1. Tabiiy ravishda pishib yetilmagan, pishmagan; g‘o‘r.
Xom tarvuz. Xom olma.
▬
Uzum g‘o‘rasini g‘arch-g‘arch chaynardilar, turpning suvini ichardilar, xom anorni yemasalar, uxlolmasdilar.
S. Ahmad, Yulduz
Tal’at bir dona xom ko‘rakni yulib olib, orasini yordi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. Pishirilmagan, qaynatilmagan.
Xom go‘sht. Xom sut.
▬
O‘zingiz ham necha bor sinab ko‘rdingiz: bir dona xom sabzi jig‘ildon qaynashini to‘xtatadi.
K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
3. 3. Qayta ishlanmagan, yaxshi ishlov berilmagan yoki chala ishlangan; xomaki.
Atrofimdagi imoratlarning ko‘pi pishiq g‘ishtdan, ba’zilari xom g‘ishtdan bo‘lsa ham ko‘krakdor
Shukrullo, Saylanma
Tezak, xom teri isi aralash achimsiq badbo‘y hid dimog‘iga urildi.
A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat
To‘tiqiz tokchadan do‘ppi xomini olib, ko‘rpachaga kelib o‘tirdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
4. ko‘chma hma Yengil-yelpi, chala, yuzaki.
Xom asarlarga yo‘l qo‘yib bersak, boshqalar, menikining undan nimasi kam, deb qolmasmikin?
Shukrullo, Saylanma
5. ko‘chma hma Puxta emas, yuzaki.
Bilasizmi, ishni xom qildingiz, yoningizga Barotovdan boshqa odamni torta olmadingiz.
S. Zunnunova, Olov
U [Mahkam] go‘dakligiga borib, xom o‘ylagan ekan.
R. Fayziy, Hazrati inson
6. ko‘chma s.t. .t. Tajribasi yo‘q, sodda, g‘o‘r.
— Voy ovsin-ey, xomsiz-da hali. Erning gapiga laqqa tushib yuraverasiz, — dedi Saboxon Mahmudaga.
J. Abdullaxonov, To‘fon