Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xolis}
So‘z bo‘g‘inlari: xo-lis
Izoh(lar)i:
xolis sf

1. 1. Voqelikka haqqoniy nazar bilan qaraydigan, obyektiv baholaydigan. Tarjima tanqidchisi xolis bo‘lishi, tahlilga oldindan qat’iy hukmlar bilan cheklanib kirishmasligi kerak. G‘. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish

2. 2. Beg‘araz, samimiy; ta’nasiz. Mohlar oyimning Anvar bilan muomalasi xolis va samimiy edi. A. Qodiriy Mehrobdan chayon
— U [To‘xtasin Jalilov] bilganlarini menga minnatsiz, jon-dili bilan, xolis o‘rgatar edi, — dedi Halima. H. Nosirova, Men o‘zbek qiziman

3. huq. uq. Qamoqqa olish, tintuv o‘tkazish kabi hollarda hukumat organlari tomonidan obyektiv guvoh sifatida chaqirilgan shaxs. Xolis o‘zi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha guvoh tariqasida so‘roq qilinishi mumkin. Gazetadan

4. 4. Biror kimsa yoki narsadan xoli. Dunyo nodonlardan xolis bo‘lganda edi, bu olam yana ham munavvarlik kashf etardi. Gazetadan

5. 5. Xolis (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.