1. 1. Onaning singlisi yoki opasi.
Bobur xolasi va qaylig‘ini butun odamlari-yu ko‘ch-ko‘ronlari bilan birga qo‘riqlab olib ketmoqda.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. 2. Keksa ayollarga hurmat bilan murojaat qilish shakli.
Lutfiniso bo‘g‘chadan ikki do‘ppi olib, besh so‘m pul bilan uzatdi. Yo‘l to‘suvchilar quvonib baqirishdi: — To‘y ustiga to‘y ko‘ring, xola!
Oybek, Tanlangan asarlar
U kampirga yaqinroq borib: — Ikki kilo tortvoring [nokdan], xola, — deya unga yuz-landi.
A. Obidjon, Akang qarag‘ay Gulmat
3. 3. Hurmat yuzasidan yoshi katta ayollar ismiga qo‘shib ishlatiladi.
[Rais:] Qani, To‘xta xola, gapiring!
A. Qahhor, Kampirlar sim qoqdi