Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xoin}
So‘z bo‘g‘inlari: xo-in
Izoh(lar)i:
xoin ot

1. 1. Ahdini, qasamini buzib, xiyonatkorona ish tutuvchi; firibgar, muttaham. Endigina g‘unchadan chiqayotgan bu yosuman gulni [Kumushbibini] xoin qo‘llarning zahri so‘litgan. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. O‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh yoki o‘z xalqi, o‘z vatani manfaatiga zid ish tutuvchi, uning dushmanlari bilan hamkorlik qiluvchi, dushman tomoniga o‘tgan kishi; sotqin. [Navoiy:] Davlatimizni yakson qilmoqchi bo‘lgan xoinga saltanat dargohida o‘rin yo‘q! Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sotqin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Sotqin – xoin – xiyonatkor – g‘addor – murtad
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.