Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xo‘sh} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: xo‘sh-la-moq
Izoh(lar)i:
xo‘sh ys

1. 1. So‘roq gap oldida kelib, “aytingchi”, javob bering-chi, tushuntirib bering-chi kabi ma’nolarni ifodalaydi. [Homid:] Xo‘sh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkentda nima gaplar bor? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Qistash ma’nosini ifodalaydi. Hech kim boshlamadi. — Xo‘sh, gapiringlar, — dedi Bo‘taboy. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Nutq jarayonida topilmay qolgan so‘z o‘rnida yoki pauza o‘rnida qo‘llanadi. Xo‘sh desangiz, Bag‘dod shahrida Abutanbal degan bir yalqov yigit o‘z onasi bilan yashar ekan. Xo‘sh, bir nima demoqchi edim

4. Xayr, xudoning panohiga. Anvar! — Xo‘sh, Sultonali aka! — ikkisi ajralishdilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

5. und s. Molni haydash yoki qaytarish uchun aytiladi. [Bolalar] Xo‘sh, xo‘sh, jonivor, deb uning [buqachaning] orqasini silab qo‘yishadi. E. Raimov, Ajab qishloq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: xush – [f] Yaxshi, yoqimli; ajoyib, shod.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.