1. 1. Xonaki tovuqlarning va ba’zi tovuqsimonlarning erkagi. Babaq xo‘roz. Urushqoq xo‘roz. ▬ Qo‘noqdagi xo‘roz cho‘zib-cho‘zib qichqirdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. ko‘chma hma S. t. Tanti; mard. Xo‘roz yigit. ▬ Tantiboyvachchanikiga boramiz ertaga Juda xo‘roz odam. Ko‘rsangiz, o‘zingiz ham hayron qolasiz. Oybek, Tanlangan asarlar — G‘anivoy juda bopta ish qipti, bunaqa ishni yigitning xo‘rozi qiladi, — dedi Burgut. S. Ahmad, Cho‘l burguti
1. xo‘roz hamma joyda bir xil qichqiradi: Hamma joyda ahvol birday, degan ma’noli ibora
2. xo‘roz qichqirmasdan: Nihoyatda barvaqt, erta tongda