Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xo‘rak}
So‘z bo‘g‘inlari: xo‘-rak
Izoh(lar)i:
xo‘rak ot

1. 1. Yeyish mumkin bo‘lgan narsa; yemish, ovqat. Aqlli odam qish g‘amini yoz yer, Kecha bo‘lsa, xo‘ragini oz yer. Maqol
Dasturxonda turfa noz-ne’matlar — xo‘raklar: palov, nisholda, holva T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi
Yaqinlarda tabiblarga ko‘rsatgan edim, qoningiz oz, qimiz iching, xo‘rak oldidan mayiz iste’mol qiling, deb kengash berdilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Mol, hayvon, parranda ovqati (yem, don va shu kabilar). Ko‘yga xo‘rak bermoq. — Nega xo‘rakka terib tashlagan bezdek bo‘zrayib turibsan? — dedi Mavlon. B. Rahmonov, Mardlar qissasi

3. s. t. t. Xo‘ra.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ovqat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.