Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xo‘jalik}
So‘z bo‘g‘inlari: xo‘-ja-lik
Izoh(lar)i:
xo‘jalik ot

1. iqt. qt. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining tegishli taraqqiyot bosqichiga muvofiq keluvchi ishlab chiqarish munosabatlari majmui; ijtimoiy ishlab chiqarish usuli.

2. 2. Ishlab chiqarishni tashkil etadigan, uni yuzaga keltiradigan omillar; ishlab chiqarish majmui; ishlab chiqarish. Mamlakat xalq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligi. Oqsoqol choydan yana ho‘pladi-da, har kim o‘z mol-jonini hisobdan o‘tkazishi lozimligini, rayon xo‘jalik tashkilotlarining bu ishni shoshiltirayotganini gapirdi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. 3. Ishlab chiqarishning biror sohasi, tarmog‘i. Suv xo‘jaligi. O‘rmon xo‘jaligi. Shunday qilib, binokorlik brigadasi kolxozning boshqa xo‘jalik tarmoqlaridagi eng sara va muhim brigadalar qatoriga kirib oldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Biror kimsa, tashkilot yoki xalq ixtiyoridagi barcha moddiy boylik, mulk-ashyo, yer-suv, uy-joy, asbob-uskuna va jihozlar. Sal kunda kolxoz xo‘jaligi bir qadar tartibga tushganday bo‘ldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. 5. Qishloq xo‘jaligidagi va umuman o‘z yer-suviga, mulkiga, ishlab chiqarish vositalariga eta bo‘lgan har bir alohida ishlab chiqarish birligi, korxona. Tangriqul hoji baquvvat xo‘jalik edi. G‘ulom aka yel kelsa yiqiladigan bequvvat xo‘jalik edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Keyingi yillarda men rahbar bo‘lgan xo‘jalik negadir oqsab qoldi. Mushtum

6. 6. Alohida uy-joyga eta bo‘lgan har bir oila, xonadon. Yoyishga joyi bo‘lmagan xo‘jaliklargina mollarini og‘ilxonaga qamab boqadi. S. Anorboyev, Oqsoy
— Bugun biz kolxoz-da oltmish xo‘jalik bo‘lsak, erta-indin to‘qson, yuz xo‘jalik bo‘lamiz, — dedi Abdurasul. P. Tursun, O‘qituvchi

7. esk. sk. Biror kimsa yoki narsaga egalik, xo‘jayinlik.

8. 2. Xo‘ja avlodiga mansublik.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. xo‘jalik I Sifat
xo‘jalikka oid; biror kishiga xo‘jayinlik

2. xo‘jalik II Ot
ishlab chiqarish vositalari majmui; ro‘zg‘or

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.