1. Biror idora yoki kor-xonada yozish-chizish bilan shug‘ullanuvchi kishi; xodim.
Birlashma xizmatchilari tarkibiga stomatologlarning kiritilishi tasodifiy chora emas.
Gazetadan
2. Umuman, mehnatkash kishi; ishchi.
Ular temir yo‘l xizmatchilari edi.
Oydin, Suhbati jonon
3. ayn.Xizmatkor. Mullado‘st — 54 yoshda, sho‘x tabiat ko‘ngilchan bir kishi.
Qozining xizmatchi ham mulozimi.
Hamza, Maysaraning ishi