Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xizmat}
So‘z bo‘g‘inlari: xiz-mat qil-moq
Izoh(lar)i:
xizmat [xiz-mat ]

1. Biror ish yoki mehnat bilan shug‘ullanish; biror ishni bajarish; ish, mehnat. Bir kun eshon meni chaqirib: — O‘g‘lim, — dedi, — mana endi bizga ancha xizmating singdi. G‘. G‘ulom, Shum bola

2. Birovga yordam ko‘rsatish; xolisona qilingan ish; yordam; yaxshilik. Bu xizmatingni sira unutmayman. Elga xizmat — oliy himmat. Maqol

3. Biror tashkilot, muassasa yoki korxonada bajariladigan ish, vazifa; lavozim; shunday joyda ishlash. Birinchi noyabrda bo‘lsa kerak, Mushtum xizmatiga kirishganman. A. Qodiriy, Kichik asarlar

4. Ish, topshiriq, vazifa. [Homid:] Kishining xizmatidan qochgan odam emasman. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. So‘roq ohangi bilan aytilib, Menda nima ishingiz bor? degan ma’noni bildiradi. — Xo‘sh, o‘rtoq Do‘smatov, xizmat? — dedi Davlatyor. P. Tursun, O‘qituvchi

6. s. t.Armiya safida bo‘lish, harbiy majburiyatni o‘tash. [Ota-onalar] Bundan bir yoki ikki yil ilgari askarlikka uzatgan va xizmatini tugatish oldida urushga to‘g‘ri kelib, hozir jang qilayotgan bolalarni esladilar. I. Rahim, Chin muhabbat

7. Armiya tarkibidagi ayrim ixtisoslashgan sohalar yoki tarmoqlar. Aloqa xizmati. Tibbiyot xizmati. Razvedka xizmati. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ishlamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.