Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xitoy}
So‘z bo‘g‘inlari: xi-toy
Izoh(lar)i:
xitoy [xi-toy ]

1. Tafsilotlar xitoylar so‘zi izohida keltirilgan. Bu pahlavon Iskandar iltifotiga noil bo‘lgan xitoy go‘zali bo‘lib chiqadi. T. Jalolov, Xamsa talqinlari

2. Xitoyga, xitoylarga xos; Xitoyda ishlangan. bezak uchun u yerga, bu yerga qo‘yilgan xitoy vazalarini latta bilan yaxshilab artdi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

 Xitoy tili – xitoy-tibet tillar oilasiga mansub tillardan; Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy tili. Unda so‘zlashuvchilarning umumiy soni 1 milliard 292 milliondan oshadi (2003-y.). Shuningdek, bu tilda Indoneziya, Kambodja, Laos, Vetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, Koreyada 30 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Xitoy tilida, asosan, 7 lahja mavjud: shim, u, syan, gan, xakka, yue, min. Lahjalar leksik tarkibi va fonetik xususiyati jihatidan ancha farqlanadi, hatto turli lahja vakillari bir-birlarini tushunmaydi, ammo lahjalarnung grammatik qurilishi yagona.

Xitoy tiliga oid qadimiy yozma yodgorliklar miloddan avvalgi 2- ming yillikning 2- yarmiga oid Qadimgi adabiy yodnomalar – «Shutszin» (Tarix kitobi) va «Shitszin» (Qo‘shiqlar kitobi) miloddan avvalgi 1- ming yillikning 1- yarmiga oid. O‘sha davrdagi jonli lahjalar asosida qadimgi adabiy xitoy tilishakllangan.

Xitoy tilidagi morfema va sodda so‘zlar odatda bir bo‘g‘inli. Bo‘g‘in tarkibiga kiruvchi undosh va unli tovushlar ma’lum tartibda joylashadi. Xitoy tilida bo‘g‘in tarkibiga kiruvchi tovushlarning hammasi ham bir-biri bilan birika olmaydi, shuning uchun xitoy tili bo‘g‘inlarining miqdori chegaralangan. Putunxuada 44 bo‘g‘in, ton variantlarini hisobga olganda 1324 bo‘g‘in mavjud.

Xitoy tilida bir bo‘g‘inli so‘zlarga qaraganda ikki bo‘g‘inli so‘zlar ko‘proq. Terminologiyaning rivojlanishi natijasida ikkidan ortiq bo‘g‘inli so‘zlar ham ko‘paymoqda. So‘z yasalishi so‘z qo‘shish, affiksatsiya, konversiya orqali amalga oshiriladi. Bu tilda deyarli o‘zlashma so‘zlar yo‘q. O‘ziga xos morfologik va sintaktik belgilarga ega.

Bu oilaga tay-xitoy guruhi (xitoy, dungan, tay, laos, chjuan, vetnam tili), tibet-birma guruhi (tibet, birma tili) kiradi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.