Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xirmon}
So‘z bo‘g‘inlari: xir-mon
Izoh(lar)i:
xirmon [xir-mon ]

1. Yig‘ib-terib olingan ekinlar hosilini to‘plash uchun ajratilgan joy, maydoncha. Vali aka o‘g‘liga xirmon qilinadigan joyni ko‘rsatib, o‘zi terimchilarni Madaminxo‘janing paxtazoriga boshlab ketdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. Shunday joyga yanchish, tozalash yoki quritish uchun keltirilgan mahsulot (galla, paxta va shu kabilar). O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir. Maqol

3. Ko‘p miqdorda to‘plab qo‘yilgan, uyib tashlangan narsalar. Shayx Ismoil ham kimgadir imo qildi. Bir lahzada har tomondan kitob xirmoniga o‘t urildi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Don – bug‘doy – boshoq – xirmon
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor-ko‘lamining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.